O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə54/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

94-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
10) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
(Ikkinchi qism) Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Parlament nazorati demokratik davlatning muhim instituti boʻlganligi sababli, 2016-yilda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonun doirasida amalga oshirilgan qator ishlar oʻz ijobiy natijalari berib, hayotimizning dolzarb muammolar yechilishining sababchi boʻlmoqda.
Ushbu ijobiy amaliyotni davom ettirish maqsadida yangilanayotgan Konstitutsiyamizga quyidagi oʻzgartishlar kiritildi:
- endilikda parlament nazoratini amalga oshirish chogʻida Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlari ham eshitiladi hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻriladi. Bunda muhim narsa shuki, Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli boʻldi.
Bu degani, oʻz vakolatlarni lozim darajada bajarmagan (xalq noroziligiga sababchi boʻlgan) vazir yoki Agentlik, qoʻmita rahbarining masalasi xalq tomonidan saylangan deputatlar ham koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oliy majlis palatalariga birgalikda tekshiruv huquqiga ega boʻlgan maxsus komissiya tuzish vakolati berildi.
Amaldagi qonunchilikka (“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun) muvofiq jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin. Ammo parlament tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi. Ana shu boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Konstitutsiyaga yangi norma kiritilmoqda. Maqsad — parlament tekshiruvi instituti maqomini mustahkamlash, nufuzini oshirish, ayrim boʻshliqlarni toʻldirish.
Oliy majlis palatalari vakolatlarini kengaytirish, ularga jamiyat hayotiga taʼsir koʻrsatadigan eng dolzarb masalalarni oʻrganish maqsadida tergov oʻtkazish vakolati berilishi, xalq orqasidan saylangan vakillarga qoʻshimcha imkoniyatlar taqdim etilishi davlatda yanada demokratik boshqaruv kuchayishiga asos hisoblanadi.
Tekshiruv oʻtkazish uchun inson huquq va erkinliklariga, davlatimizning barqaror rivojlanishi, uning xavfsizligiga aloqador tahdidlar yuzaga kelganda fakt va voqeliklarni xolis tekshirilishida ikkala palataning teng miqdordagi deputatlaridan iborat komissiya tuzildi.
Komissiyaning faoliyati, vakolati va tergov olib borish tartibi va yakuni boʻyicha koʻriladigan choralar qonun bilan belgilandi.
Parlament nazorati demokratik davlatning muhim instituti boʻlganligi sababli, 2016-yilda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Qonun doirasida amalga oshirilgan qator ishlar oʻz ijobiy natijalari berib, hayotimizning dolzarb muammolar yechilishining sababchi boʻlmoqda.
Ushbu ijobiy amaliyotni davom ettirish maqsadida yangilanayotgan Konstitutsiyamizga quyidagi oʻzgartishlar kiritildi:
- endilikda parlament nazoratini amalga oshirish chogʻida Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlari ham eshitiladi hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar koʻriladi. Bunda muhim narsa shuki, Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli boʻladi.
Bu degani, oʻz vakolatlarni lozim darajada bajarmagan (xalq noroziligiga sababchi boʻlgan) vazir yoki Agentlik, qoʻmita rahbarining masalasi xalq tomonidan saylangan deputatlar ham koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oliy majlis palatalariga birgalikda tekshiruv huquqiga ega boʻlgan maxsus komissiya tuzish vakolati beriladi.
Amaldagi qonunchilikka (“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun) muvofiq jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin. Ammo parlament tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibda bir qator kamchiliklar mavjud edi. Ana shu boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Konstitutsiyaga yangi norma kiritilmoqda. Maqsad — parlament tekshiruvi instituti maqomini mustahkamlash, nufuzini oshirish, ayrim boʻshliqlarni toʻldirish.
Oliy majlis palatalari vakolatlarini kengaytirish, ularga jamiyat hayotiga taʼsir koʻrsatadigan eng dolzarb masalalarni oʻrganish maqsadida tergov oʻtkazish vakolati berilishi, xalq orqasidan saylangan vakillarga qoʻshimcha imkoniyatlar taqdim etilishi davlatda yanada demokratik boshqaruv kuchayishiga asos hisoblanadi.
Tekshiruv oʻtkazish uchun inson huquq va erkinliklariga, davlatimizning barqaror rivojlanishi, uning xavfsizligiga aloqador tahdidlar yuzaga kelganda fakt va voqeliklarni xolis tekshirilishida ikkala palataning teng miqdordagi deputatlaridan iborat komissiya tuziladi.
Komissiyaning faoliyati, vakolati va tergov olib borish tartibi va yakuni boʻyicha koʻriladigan choralar qonun bilan belgilanadi.
Parlament tekshiruvi samaradorligini oshirish, ushbu tekshiruvni oʻtkazishga parlament ikkala palatasining jalb etilishi va ishtirokini taʼminlash maqsadida parlament tekshiruvlari faqat qoʻshma shaklda oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlariga ahamiyati yuqori boʻlgan masalalarda tekshiruvni amalga oshirish vakolati berilishi jamoatchilik nazorati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yangicha yondashuvli kuchli mexanizmni yuzaga keltiradi.
Mazkur norma orqali jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlar yoki voqealar yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish mumkin boʻladi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin