Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik prinsipi - Ko‘rsatish tushunchasi jismsoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘zining keng ma’nosiga ko’ra pedagogika nazariyasi ramkasidan allakachon lar chiqib ketgan. ozirgi kunda bu tushuncha o‘z ichichga his qilish, obrazli ifodalay olish, tashki shaklini ko’rishdek keng ma’noni oladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida krgazmalilik - harakat faoliyatini ama liy bajarib namoyon qilish orqali olib borilishi o‘qitish samaradorligining garovi tarzida qabul qilingan.
Ta’lim jarayonida bajarib ko‘rsatish va kurishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi. Harakat faoliyati haqidagi birlamchi (boshlangich) tushuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bo‘ladi. Ko‘rsatish ta’lim jarayonning samaradorligiga muhim omildir. Ko‘rgazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlashtirib olinganlari), kino-badiiy, hujjatli, o‘quv filmlari va h.k. tarzida ko‘rsatiladi, va taqlid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab qilinadi.
O‘zlashtirish jarayoning asosiy faktori hisoblangan ko‘rgazmalilikning ikki ko’rinishi amaliyotda mavjud bo‘lib, ular mashqni aynan bajarish bilan va vositalar yordami bilan ko‘rsatish sifatida farqlanadi.
Aynan yoki bevosita ko‘rgazmalilik ta’lim jarayonida o‘qituvchigv namunali darajada bajarib ko‘rsatish talabaini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato larning oldini olishni nazarda tutadi.14 Amaliyotda esa haraktning aynan bajarilishini o‘quvchi kurmay turib, uning texnikasini o‘qitish boshlab yuboriladi. Albatta bunda shug‘ullanuvchilar xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ularni tuzatish ta’lim jarayonining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Namunali tarzda ko‘rsatish bo‘lmagan mashqlarni mutaxassis oldindan tanlangan va tayyorlagan shug‘ullanuvchining ko‘rsatishdan foydalanishi lozim yoki vositali - bavosita ko‘rgazmalikdan foydalanish tavsiya etiladi.
Harakat faoliyati haqida birlamchi(dastlabki) tushuncha o‘quv kino kolsovkasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarni shug‘ullanuvchiga ko‘rsatish orqali xosil qilinadi, ayniqsa, katta, urta, maktab yoshida gilar uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni his qilishi uchun kul keladigan vositadir. His kila olish qobiliyati yaxshi rok shakllangan shug‘ullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taqlid kila olish (avval mexanik) tarzda bo‘lsa - muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ta’lim ning ketma- ketligi (harakatni bo‘laklarga ajratib o‘rgatishda), o‘zlashti rishda yo‘lanma beruvchi mashqlar (harkat texnikasining asosiga yakin bo‘lgan mashqlar) dan foydalanish, harakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor) mashqlarni qo‘llash o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, harakat haqidagi tushuncha mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “chegaralangan harakat satxini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo‘ljallash”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalikda qo‘llaniladigan uslublardandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradigan, birlamchi malakani shakillantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo‘l ochuvchi asosiy omillardir.
Bajara bilish va shaxsiylashtirish tamoyili- Individning qobiliyati, imkoniyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismo niy riojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar bu prinsip maz munining omillari bo‘lib, ta’lim jarayonini boyitadi. Ta’limga ongli munosabat, undagi faolikni namoyon bo‘lishi, ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik tanlangan faoliyat va individning xusu siyatlari bilan chambarchas bog‘liq va kuzlangan maqsadga tez erishishga olib keladi.
Bajara bilish organizm hayotiy faoliyatining ma’lum ishdagi funksional xususiyati va qobiliyatini hisobga olishdir. Bu prinsip qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashki ta’sirini hisobga olish shug‘ullanuvchi uchun me’yor anglay olishni taqazo etadi. Me’yor bo‘lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish dasturlari, ular uchun belgi langan normalar (jismoniy sifatlar uchun) bo‘lishi nazarda tutiladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida me’yorni aniqlash uchun tarbiyachi bilan tibbiy xodimning birgalikdagi ko‘plab izlanishlari orqali erishiladi. Mashq qilish orqali organizm uchun kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq me’riga aylantirib organizmni zo’rikish orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari ham hozirgi kunda ham ilmiy, ham amaliy jihatdan dalillangan. Ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan (sport razryadli) shug‘ullannuv chining organizmi uchun me’yor hisoblangan hajmdagi jismoniy mashqlar yangi shug‘ullanishni boshlagan kishi uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni me’yor qilib olish noturi bo‘ladi.