O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘rgatishning muntazamlilik tamoyili



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə20/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

O‘rgatishning muntazamlilik tamoyili - Mashg‘ulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yukning almashuvining to‘g‘ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining o‘zaro bog‘liqligi ta’lim jarayonida muntazamlilik uslubiy prinsipining asosiy nizomidir.
Mashg‘ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)ning dam olish bilan ratsional almashuvi. Mashq qilishning epizodlikligi ta’lim jarayonida yеtarli samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish konu niyatlari dan amaliyotda biz shunga guvoxmizki, mashg‘ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan organizmning funksional imkoniyati yaxshilanib, jismoniy qobiliyati ortadi.
Muntazam mashg‘ulotlardan xosil bo‘lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning bo‘zilishi malakani asta-sekinlik bilan usishiga olib keladi. Mustahkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat tartibi» da bajarila boshlagan harakat malakalari ta’lim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo‘lsa, talabini qo‘yadi. Chunki organizmning funksional holati muntazam mashq qilish va mash gulotlar orqali ma’lum natijani namoyon kila boshlagan bo‘lsa va bunda muntazamlilik bir oz bo‘zilsa, xosila asta-sekin yo‘qka chiqish mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, shuni aytish lozimki, muntazam tizimli mashg‘ulotlar orqali qoldirilgan yarimsharlar pustlogidagi “iz» dan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yangi o‘zlashtirilmaganini o‘rganish osonlashadi. J.Lamark fikricha, “tizimli va muntazam ravishda mashq kildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, usadi, mashq kildirilmagani o‘z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi”.
Nisbatan katta bo‘lmagan tanaffus aktiv muskul hujayralari vaz nining kamayishiga, komponentlari tuzilishining lozim bo‘lmagan o’zgarishlariga, hatto morfologiyasining regressiyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o‘zgarishlar hatto 5-7 kunlik tanaffuslarda ham sodir bo‘lishi mumkin (N.V. Zimkin, O.I.Faynshmidt va boshqalar.)
Shunisi tushunarli bo‘lishi lozimki, jismoniy kamolotga erishish agarda jismoniy tarbiya jarayoni uzluksiz olib borilsa, ya’ni u tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo‘qotishlarsiz, har bir mashg‘ulotdagi samara oldingi mashg‘ulotning “iz» i hisobiga qatlam-qatlam bo‘lib qalinlashsa hamda avvalgi mashg‘ulotlar keltirilib chiqargan ijobiy o‘zgarisharni takomillashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo‘ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiyach amaliyotida haftada yan gi mashg‘ulotsilarda 2-3 marta mashg‘ulot (ertalabki zaryadka va boshqa kushimchalarni hisobga olmagan holda) olib boriladi. Qolaversa, “shug‘ullanganlik» qancha yuqori bo‘lsa, mashg‘ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalik zichlashgandek bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, sport trnirovkasi uchun uzluksizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin