O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə23/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

To‘lqinsimon dinamika shunday xarakterlanadiki, bir muncha sekin, bir tekisda yuklama berib borilib, birdaniga keskin ko‘tarish qilinadi. Lekin uni asta-sekin yana pasaytiriladi. Chunki funksional moslashuv orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach nag ruzka yanada katta “to‘lqin» bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlik bo‘zilmasligi muhimdir. Shunday qilib yuklama hajmi va intensivligini eng katta mikdoriga olib chiqish mumkin.
Umuman, uzoq muddat davom etgan mashg‘ulotlarda yuklamaning dina mikasi haqiqatdan ham to‘lqinsimon yoki o’xshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo‘lsa, yuklamaning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab va pog’onasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi hajmi va intensivligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bu qator tabiiy sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar sabablari, bilan belgilanadi va ular mohiyat jihatidan yеtakchi rol o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchi dan, yuklama hajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-karshiliklar.
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (forma si) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, tur li organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘l may, kayta kurishga moslashish dinamikasi, yuklama dinamikasidan “orqada» kolgandek bo‘ladi: avvaliga yuklamalar oshiriladi, so‘ngra yangi oshiril gan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashg‘ulotdan mashg‘ulotga yoki hatto bir mashg‘ulotning bir seriyasida boshqa seriyasi yuklama orttiraverilsa yuklamaning umumiy hajmi yuko riligiga ko’ra, ertami - kechmi baribir organizm ning imkoniyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l kuymaslik uchun yuklamani umumiy hajmining to‘lqinsimon» ko‘tarish” va “pasaytirish» larni kullab nisbatan kechrok mosla shuvchi organizmdagi o’xshash holatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning hajmi va intensivligi, boshqachasiga ayt ganda, jismo niy ishning mikdoriy yig‘indisi va uning zo’rikish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma’lum chegaraga egaligi bilan ifodalanadi.
Hajmning keyinchalik oshirilishi intensivlik, stabilla shuvi, so‘ngra uning pasayishi bilan bog‘liq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va hajmini oshirishga olib keladi.15
Birok jismoniy tarbiya jarayonida hajm hamda intensiv likni umu miy tendensiyasini oshirib borish bir oz ushlani shi kerak bo‘ladi, bo‘lma sa, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta’ minlab bo‘lmaydi.
Bu qarama-karshilik yuklama dinamikasi yordami bilan hal qilinadi.
Har bir to‘lqin vaqti bilan bir biriga tushmaydi gan hajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo‘laklari xususida gapirilganda (xaf ta yoki oy nazarda tutiladi) yuklamalarning hajmi nisbatan ko‘pay tirilishi sodir bo‘ladi; bunda intensivlikning tempi unchalik oshiril maydi. So‘ngra ma’lum darajadagi stabillashuvda so‘ng hajm qisqartiri lib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqin larning hajm va intensivligi pasayishi” - yеngillashgan yakunlovchi daki ka hisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin nag ruzka usishining umumiy tendensiyasi yuqori darajada utadi.
Bu tendensiya ko‘p yilik mashg‘ulotlar davomida saklanadi, ma’lum vaqt utishi bilan u umumiy tendensiya bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishining kuchayishi hisobiga) va yillik mashg‘ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. Shun day qilib shu kungacha yuklamaning umumiy dinamikasi ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi kuzatilmokda.
Nagruzalarning to‘lqinsimon olib borilishi - haftalik, oylik, yillik fon sifatida bo‘lib, unga ham to‘g‘ri chiziqli, ham pogpnasimon shakil dagi yuklamalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning sharoitiga bog‘liq. Yuklamani to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshirishdan, xususan, ularning umumiy darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan yuklamalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo‘llaniladi. Pog’onama - pog’ona dinamika yuqoridagi ning aksi bajarilgan ishlar bazasida shug‘ullanganlikning oshishini stimullash tirish vazifasiga javob beradi.
Uslubiy tamoyilning o‘zaro aloqasi - Jismoniy tarbiya prinsiplari xususida aytib utilgan fikrlarni dikkat bilan taxlil qilsak, ularning mazmuni bir biri bilan shunday tutashgan, singib ketgan va hatto bir-biriga moslashib ketganligini aniq lashimiz mumkin. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni alohida ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini ifodalaydi, mohiyatiga ko’ra o‘zi alohida, lekin shartli ravishda alohida bo‘l gan prinsiplar aspektida tasvirlanadi.
Onglilik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning boshqa bar cha prinsiplarining amalga oshirilishi umumiy shartlari tarzida qabul qilinishi mumkin. Chunki shug‘ullanuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o‘quv materialini kuchiga yarashililigiga, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bogla nishi va xokazolarning keyinrok usish yo‘riqnomasiga aylanishi bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shug‘ullanuvchilarning aktiv faoliyati orqali belgilangan maqsadga olib borishi, u ko‘rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni oshirish prinsiplaridan kelib chiksa, haqiqatdan ham ongli deb qabul qilinadi.
Kuchga yarashalilik va individuallashtirish prinsiplarini hisob ga olmasak, mashg‘ulotlarning ketma-ketligi va yuklamaning oshirish ning ratsional yo‘llarini tanlay olmaymiz. O‘z navbatida, kuchiga yarasha lilik chegarasini belgilash sistemalilik va talablarni oshirish prinsi pi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chikadiki, ko‘rsatilgan prinsip larning hech biri boshqalarini inkor qilish bilan to‘laligicha amaliyotga tadbik qilinmaydi. Ularning o‘zaro birligi asosida har birining ta’sir doirasi tarbiya jarayoniga kutilgansamarani berishi mumkin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin