O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Asta-sekinlik bilan talablarni oshirish tamoyili



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə21/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

Asta-sekinlik bilan talablarni oshirish tamoyili - Bu prinsipning jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarga qo‘yilayotgan talablarning umumiy tendensiyasining ifodalab, yangi qiyin vazifalarni tanlash, qo‘llash, bajarish, asta-sekinlik bilan unga bog‘liq yuklamalarning hajmi va intenivligini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Yuklamalarning oshirishning umumiy tendensiyasi bilan vazifalarni yangilashning doimiy zarurligi.
Ko‘rsatilib utilganidek, jimoniy tarbiya jarayoni, boshqa jarayon larday doiim harakatda bo‘lib, mashg‘ulotdan – mashg‘ulotga, etapdan-etapga uzluksiz o‘zgarib boradi. Bundagi xarakterli belgi – mashqlar murakkabligini, ular ta’siri davomiyligi va kuchini oshirishdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga utishi aytarli darajada qiyin bo‘lib, birinchi navbatda, ma’lumot, bilim berish vazifalarini hal qilish uchun zarur: tabiiy ki, mashqni yangilamay turib, hayot uchun katta ahamityali zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalarini egallash qiyin. Bu keyinchalik takomillashtirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, harakat malakasi va bajara bilish zahirasi shuncha boyidi, shu sababli yangi harakat faoliyatlari shaklini o‘zlashtirish, egallash, avvaldan egallangan malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish osonlashadi. Undan ham ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayonida, buning natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yеngishda (harakat vazifalari), harakat faoliyatini o‘z-o‘zidan koordinatsiya lash qobiliyati rivojlanadi va takomillashtirishning bepoyon ufklari ochiladi.
Harakat faolityalari shaklini qiyinlashtirish bilan bir qatorda jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy yukning (nagruzkning) barcha komponentlari oshib borishi kerak. Bu quyidagi jismoniy sifatlar-kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirish qonuniyatlari asosida hal qilinadi.
Ahamiyatli holatlardan biri shundaki, jismoniy mashqlar ta’si ri dan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar darajasi (ma’lum darajadagi fiziologik chegarada) yuklamalarning hajmi va intensivli giga proporsionaldir. Agarda lozim bo‘lgan barcha sharoitlarga rioya ki linsa, shu qatorda yuklama me’yoridan, yangi tolikish chegarasi boshlana digan joydan oshmasa - yuklama qancha yuqori bo‘lsa, adaptatsiya davri nag ruzka uchun shunchalik ahamiyatli va puxta bo‘ladi; yuklama qanchalik intensiv bo‘lsa, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo‘ladi. Bu muskullar energiyasi resurslarinig tiklanishi misolida taj ribada isbotlangan.
Organizmning javobi bir turdagi yuklamalarga o‘zgarmas bo‘lib ko lavermaydi. Shu yuklamaga moslashgan sari u keltirib chiqargan orga nizmdagi biologik o‘zgarishlar karib boradi, tashki ish birligiga sarflangan energiya ozayadi, o’pka ventilyatsiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: kon tarkibidagi bioximik va miorfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazari dan “funksiyani tejamlashtirish» sodir bo‘ladi. Organizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashishining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman oz zo’riqish bilan bajarishga olib keladi. Yuklamalarga biologik moslanishning ma’nosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining yеtakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish organizmda sodir bo‘lsa, o‘zgarish – jismoniy sifatlarning rivojlanishi to’xtaydi. Bu, o‘z navbatada, yuklamani sistemali o‘zgartirib uning hajm va intensivligini oshirib boradi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruhiy sifatlarni ham tarbiyalashga ham taalluqli ekanli gini ko‘rsatadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruhiy sifatlar shu sifatni talab qiluvchi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ruhiy sifatlarni namoyon qilish darajasi Psixogik qiyinchiliklarning ulchovi va uni еnga olishga bog‘liq. Shunga ko’ra, ruhiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamlar va topshiriklarni asta-sekinlik bilan oshirib borish va uni еnga olish orqali tarbiyalanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin