Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik (me’yor) o‘zgaruvchandir. Shug‘ullanishning ma’lum davrida bu me’yorga chidash uchun katta jismo niy, ruhiy tayyorgarlik talablari qo‘yilsa, ma’lum vaqtdan so‘ng u kuchi ga yarasha bo‘lib, me’erga aylanadi - buni tarbiya natijasining ijobiy tomonga o‘zgarishi deb qaraladi.
Ma’lumki, yangi harakat bazasi eskisi bazasida shakllanadi. Shu sababli jismoniy tarbiya jarayonida asosiy hal qiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday berish lozimki, uning maz muni, organizmga ta’sir kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun pog’ona yoki yangi bir bosqich bo‘lsin. Amaliyotda bu fikr “ma’lumdan noma’lum ga”, “o‘zlashtirilmagandan o‘zlashtirilganga”, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda esa “kuchiga yarasha emasdan kuchiga yarashalikka” deb formulirovka qilinadi.
Bundan tashqari, vazifalarni mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga asta-sekin lik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayon ning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqozo etadi. Bular albatta ta’ lim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Individuallashtirish o‘qitishning muhim omili. O‘quvchining jismoniy rivojlanganligi ko‘rsatkichlari (bo‘yining uzunligi, tanasi a’zolarining uzun yoki qisqaligi, yugon yoki ingichkaliligi, vazni, bo‘g‘inlar harakatchanligi, qismlarining ekskursiyasi va x.k. lar), jismo niy sifatlari (kuchililigi, tezkolrligi, chakonligi, chidamliligi) ning rivojlanganligi psixologiya nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va shu kabilar individning xususiyatlari hisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi ning qayd kilingan xususiyatlaridan birortasi loqaydligi tarbiyada, mashg‘ulotlarda kuzlan gan maqsaddan osongina uzoqlashtirishga olib keladi.
Qayd kilingan xususiyatlardan - jismony rivojlanaganlik ko‘rsat kichi, masalan, buyni darozligi (balandligi) - “akselerat”, mashg‘ulotning asosiy qismida past buyli tengdoshi bilan bir guruhga tushib kolsa (tayanib uzunasiga kuygan kondan sakrash mashqi) o‘qituvchi uchun muammo ham vujudga keltiradi, ya’ni baland buyili uchun depsinish “most» ini sport jihozidan uzoqrok quyish lozim bo‘lsa, buyi tengdoshidan past bo‘lgan o‘quvchi mashq texnikasini bo‘zib bajarishga majbur bo‘ladi. Chunki jihozidan uzoq qo‘yilgan mostdan depsinish buyi tengdoshidan past o‘quvchi uchun kuchiga yarasha emas va o‘qitishda shug‘ullauvchining indivi dual xususiyatini e’tiborga olmagan degan xulosa olib keladi. Jismoniy yuk me’ri bir xil guruhdagilar uchun ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bu jismoniy tayyorlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tanlangan mashqni shug‘ullanuvchi kuchiga, tezkorligiga chidamliligiga bog‘liqligi individ ning xususiy port retining to‘laligicha cho‘zilishia imkon beradi.