Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
77-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ta’lim dasturlarini yaratish va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –
Maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlari va
variativ dasturlarni ishlab chiqish;
–
ilmiy texnik rivojlanish jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib tarbiyalanuvchilarning
yosh
va psixofiziologik xususiyatlarini shuningdek ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini
hisobga olib, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv dasturlari va metodik
qo‘llanmalarni uzluksiz takomillashtirishni tashkil etish va qo‘llab quvvatlash;
–
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda ijodiy tafakkurini
rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanish, maktabgacha ta’lim
tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha
o‘quv rejalari va dasturlarini o‘quv metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
–
o‘quv dasturlari, o‘quv metodik adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda ularni
pedagogika amaliyotiga joriy etishni qo‘llab quvvatlash;
–
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv metodik komplekslarni yaratish
va o‘quv tarbiya jarayonini didaktik ta’minlashga ko‘maklashish;
–
milliy madaniy tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va yoshlikdan kitob o‘qishga
qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
–
darsliklar, o‘quv metodik materiallarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish
jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ularni o‘quv tarbiya jarayoniga joriy etishda
metodik yordam ko‘rsatish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun o‘yin va o‘yinchoqlar
sonini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;