Qo`shimcha qism: A.Bartoning «Kema» she`rini aytish
E`tiborga molik jihati: 1.Fikrlashlarini o`stirish
2.Suv transporti haqidagi so`z boyligini kengaytirish.
Qurish va yasash, matematika markaz Mavzu: «Samolyot quramiz» Maqsad: Legodan samolyot qurish, mayda qo`l motorikalarini rivojlantirish, shakl va ranglarni ajratish.
Xavo transporti haqidagi bilimlarni mustahkamlash..
Kerakli Jihoz va materiallar:lego, havo transporti tasvirlangan suratlarn to`plami.
Faoliyatning borishi: 1. «Samolyot» mavzusidagi suratni tomosha qilish.
2. «Aeroport» qurishni rejalashtirish
Samolyotni yasash
Qo`shimcha qism:Samolyot rasmi tushurilgan slaydlarni ko`rish
E`tiborga molik jihati: 1. Bolalarni jamlada ishlash malakalari.
2.Atrof-olam haqidagi qiziqishlarni o`stirish.
Syujetli , rolli o`yinlar va sahnalashtirish: «Kulgili o`zga sayyoraliklar» Maqsad: O`zga sayyoraliklar mavzusidagi ijodiy qarashlarini shakllantirish, o`ziga biriktirilgan rollarning hissiy holatini ko`rsatish.
Kerakli Jihoz va materiallar: niqob, belgi, atributlar, AKT
Faoliyatning borishi: 1.Slaydlarni ko`rish
2.Niqob orqali kulgili o`zga sayyoraliklarni tasvirlash.
Syujetli rolli o`yin: «Men o`zga sayyoralik»
Bolalar ishini muhokamasi va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: «Luntik» multfilimini ko`rish
E`tiborga molik jihati: so`zlardan to`g`ri jumlalar tuzish, nutqni o`stirish.
Til va nutq