«Biz qishda sayrda» loy ishi Maqsad: loy bilan ishlashning turli usullarini egallaydi, inson shakli va harakatlarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, «Qishki maydoncha»
Faoliyatning borishi:
Bolalar o`yinchoq qo`g`irchoqchalar qatnashuvchi o`yin syujetlarini o`ylab topadilar, plastilinning tegishli rangini tanlaydilar.
Bolalarning produktiv faoliyati
Bolalar «Qishki maydoncha»ga figuralarni o`rnatadilar.
Qo`shimcha qism:tarbiyachimaydonchada ko`shimcha o`rindiq, arg`imchoqlarni o`rnatishni taklif qiladi.
E`tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda
motorikasini rivojlantirish.
Nutq va til markazi «Qish haqidagi rasmni jamla» (pazllar) didaktik o`yini. Maqsad: fikrni ifodalash uchun eng aniq so`zni tanlay olish ko`nikmasi shakllanadi. Bolalarning qish, qish belgilari haqidagi bilimlari boyitiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:qishga oid rasmlar- pazllar.
Faoliyatning borishi:
Qish haqidagi she`rni yodga tushirish va aytib berish.
Qanday rasm hosil bo`lganligi haqida rasm asosida qisqa hikoya.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi qish haqidagi maqol va tez aytishlarni taklif qilishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: maqol va tez aytishlarning ma`nosini tushunish; barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish, pazl-rasmlarning to`g`ri joylashtirilishi.
Nutq va til markazi «Bu qachon sodir bo`ladi?» didaktik o`yini Maqsad: insonlar hayoti va ularni o`rab turgan tabiat, yil fasllari o`rtasida bog`liqlik o`rnatiladi. Faol va passiv lug`uat boyitiladi.