SENTYABR 1 HAFTASI
MENING QADIRDON O`ZBEKISTONIM
Qurish-yasash va matematika markazi
«Mening shahrim»
Maqsad: Kublar va turli konstruktorlardan shahar qurish, hajmli shakllarni nomlash va ulardan qurilishda foydalanish, sanashni bilish, shuningdek ranglar va shakllarni farqlash
Jihozlar va materiallar: kublar, geometrikshakllar(figuralar),dekorativ (ko`rgazmali) o`simliklar to`plami,shahar tasviri tushirilgan sur`atlar
Faoliyatni olib borilishi:
«Meningshahrim» mavzusi bo`yicha sur`atlarni ko`rib chiqish.
Bolalar bilan shahar qurilishini rejalashtirish
Shaharni konstruktorlash
Bolalarishlariniko`ribchiqish(muhokamaqilish) varag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`z kompozisiyalarini mayda o`yinchoqlar (avtomobilchalar, bayroqchalar, daraxtlar va shu kabilar) bilan bezash mumkinligini tushuntirib oladi, rasmga aloqador so`zlar bilan tanishtiradi
E`tiborga molik jihatlar:
Bolalarni jamoa bo`lib ishlashlariga.
Tasavvur doirasini kengaytirish,
Bola hayoti havfsizligiga.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramatizasiya markazi
«Yosh turistlar»
Maqsad: ona yurt tushunchasiga ega bo`lish, bolalarda jamoada o`zaro fikr almashish ko`nikmalarini rivojlantirish, qiziqishlarini uyg`otish
Jihozlar va materiallar: rasmlar, AKT materiallari, ryukzaklar, kepkalar, fotoapparat, pul mulyaji, xarita, binokl, kompas, ona yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari sur`atlari
Faoliyatni olib borilishi:
Ekskursiya yo`nalishini shahar yoki ko`cha bo`yicha rejalashtirish
Kerakli jihozlar va materiallar va qurollar to`plami
Shahar yoki ko`cha bo`ylab ekskursiya
Yosh turistlar ekskursiyasini muhokama qilish va rag`batlantirish
Dostları ilə paylaş: |