Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`z ekskursiya yo`nalishlarini tuzib chiqishni taklif qiladi
E`tiborga molik jihati:
har bir bolaga e`tibor qaratish.
hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.
Fan va tabiat markazi
O`lka relyefi (shahar, vodiy, daryolar)
Maqsad: relyef (shuningdek, shahar, vodiy, daryolar relyefi) tushunchasi bilan tanishish,o`lkamiz relyefi maketini yaratish, shahar, vodiy, daryolar bilan tanishish, bir- biridan farqlash
Jihozlar va materiallar: qum, suv, loy, toshlar, shakllar, chelak, belkurakchalar, haskashlar, plastmas panjaralar
Faoliyatni olib borilishi:
«Mening o`lkam» mavzusida videofilm yoki sur`atlarni ko`rib chiqish
Bolalar bilan o`lkamiz relyefi maketini rejalashtirish
O`lkamiz mini-relyefini yaratish
Bolalar ishlarini taxlil qilish va rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`z kompozisiyalarini mayda o`yinchoqlar(archalar, daraxtlar, uychalar, qayiqchalar va shu kabilar) bilan bezash mumkinligini tushuntirib o`tadi, rasmga aloqador so`zlar bilan tanishtiradi
E`tiborga molik jihati:
Bolalarda hayot va ilmni bir-biriga bog`lash ko`nikmasini hosil bo`lishiga.
Tasavvur va nutq faoliyatini rivojlanishi.
Hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.
San`at markazi
O`zbekiston milliy bayramlari (Tasviriy tasviriy faoliyat)
Maqsad: O`zbekiston milliy bayramlari bilan tanishtirish, bayramlar o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarini tushuntirish, milliy urf-odatlar bo`yicha tasavvurga ega bo`lish
Jihozlar va materiallar: bayramlar sur`atlari to`plami, AKT, qog`oz, bo`yoqlar, bo`yoqlar uchun maxsus stakanchalar
Dostları ilə paylaş: |