Qo'shimcha qism: Modalar namoyishini tashkillashtirish.
E'tiborga molik jihati. O'yin paytida bolalarning ijodiy mustaqilligini qo'llab – quvvatlash.
Nutk va til markazi Qo'llanilish maqsadiga ko'ra kiyimlarning klassifikasiyasi. Maqsad: Ustki va oyoq kiyimlar va ularni qo'llash bilan bog'liq bilimlari kengayadi.Ularni farqlaydi,
ulardan foydalanishni o'rganadi.
Kerakli jixoz va materiallar:Oyoq kiyimlar (tufli, etik, sandal) , bosh kiyimlar (qalpoq, kepka), mavzuga
mos kiyim – kechaklar rasmi.
Faoliyatni borishi: Mavzuga mos rasmlarni ko'rib chiqish.
Kiyimlarni mavsumga mos ravishda taqsimlash to'g'ri nomlash.
Kiyimlarni vazifasiga ko'ra ajratish.
Qo'shimcha qism: “Do'kon” o'yinini taklif qilish.
E'tiborga molik jihati. Ozodalikka axamiyat berish, o'zidan keyin yig'ishtirishga o'rgatish.
Nutk va til markazi O'zbek milliy liboslarini o'rganish va taxlil qilish Maqsad: Milliy o'zbek liboslari (atlas, adras, beqasam) va ularning farqlari bilan tanishadi, ularni
farqlay oladi.
Kerakli jixoz va materiallar: Kiyim – kechak mavzusiga oid rasmlar, O'zbek milliy liboslar, ustki va oyoq
kiyimlar, mato bo'lakchalari.
Faoliyatni borishi: Mavzuga mos rasmlarni ko'rib chiqish.
Milliy kiyimlarni taqsimlash.
Mavzuga mos o'yinlar.
Qo'shimcha qism: Bolalarga atlas matosini chizishni taklif qilish.
E'tiborga molik jihati. Ranglarni to'g'ri tanlash, ozodalikka axamiyat berish, o'zidan keyin yig'ishtirishga o'rgatish.
Nutk va til markazi “Dizayner” kasbiga oid albomni ko'rib chiqish (tikuvchi, dizayner, bichuvchi, dazmolchi) Maqsad:Tikuvchi, bichuvchi kasbi bilan tanishadi. Ularning muxim ish jarayoni va ish qurollrai bilan
tanishadi.