Sentyabr oyining 3-haftasi Kurish-yasash va matematika markazi Mavzu: Uy qurish
Maksad: Uy qura oladi, qurish-yasash jamlamasidan katta va kichik hajmlarini ajrata oladi, to'g'ri tartibda ustma-ust tartibda taxlaydi. Uy qismlarini biladi va farqlaydi.
Kerakli jixozlar: Uy suratlari, kubiklar, geometrik shakllar, qurish-yasash jamlanmasi, turli konstruktorlar.
Faoliyatning borishi:
Uy va qurilish haqidagi rasmlarni tomosha qilish
Qo'shimcha: Muassasa hududida joylashgan uylarni kuzatish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qurish-yasash malakasining shakllanganligi, jihozlarni to'g'ri tanlashi, bajarilishi lozim bo'lgan ishni to'g'ri rejalashtirishi.
Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish Mavzu: “Buvimiznikida mehmonda”
Maqsad: Kattalarni hurmat qiladi, dasturxon atrofida o'zini tuta oladi, to'g'ri ovkatlanishni biladi, mehmonda o'zini tuta biladi.
Kerakli jihozlar:Kiyimlar, stol, stul, piyola, choynak, non.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu bilan tanishish.
2. Mavzuga oid jihozlar bilan tanishish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Qahramonlar qiyofasiga kirish.
5. Buvinikiga borish.
6. Buvi bilan salomlashish, dasturxon bezash, tamaddi qilish.
7. Buvi bilan suhbat va ertak, hikoyalarni eshitish.
8. Buvi bilan xayrlashish.
Qo'shimcha: Buvilar haqida she'r yod oldirish, guruhga tarbiyalanuvchilarning buvilarini taklif qilish va suhbat uyushtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Buvi bilan qanday suhbat qurishi, rollarning taqsimlanishi, buvilarning hikoya etib berishidagi so'z boyligiga ahamiyat berish.
Til va nutq Mavzu: “Kim nima bilan band” mavzusidagi rasm asosida hikoya tuzish.
Maqsad: Oila a'zolarining nima kasb egasi ekanligini hamda uy yumushlarida nimalar bilan shug'ullanishini biladi, o'z fikrini bayon eta oladi.
Kerakli jihozlar: Oila muhiti tasvirlangan suratlar, uy yumushlari bilan shug'ullanayotgan suratlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzu bilan tanishish.
Rasmlar asosida o'z-o'ziga savol berish.
Tasvirga qarab suhbat qurish.
Rasmlarni ongida tahlil qilish.
Oila to'g'risida kichik hikoya tuzish.
Qo'shimcha: Kasblar to'g'risidagi topishmoqlarni yod oldirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Oilada kim nima bilan mashg'ulligini to'liq bilishi, nutqining ravonligi va so'z boyligiga
Ilm fan va tabiat Mavzu: “Oilamning antropometrik o'lchovlari”
Maqsad: Matematik ulchov birliklarini biladi, 100 dan oshiq sanashni biladi, o'lchov olish malakasiga ega, mustaqil ravishda atrofidagilarning atropometrik o'lchovlarni belgilaydi
Kerakli jihozlar: metr, tarozi, katta hajmda oila a'zolari yaxlit tasvirlangan rasmlar, o'yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
Mavjud jihozlarni o'rganish.
Metr va tarozini ishlatish va malkasini oshirish.
Rasmdagi oila a'zolarini bo'yini metr yordamidla o'lchash.
Atrofidagi do'stlarini o'lchovini olish
O'yinchoqlarning og'irligini tarozida o'lchash
Atrofidagi do'stlarining og'irligini o'lchash
Faoliyatdan olgan hissiyotlari bilan do'stlashish
Qo'shimcha: Tarbiyachi tomonidan bolalarning oila a'zolaring antropometrik ulchovlarini olishni taklif qilish
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarning matematik bilimlarining shakllanganligi, o'lchov birliklarini bilishi (metr, kilogramm)
San'at markazi Mavzu: “Mening oilam” rasm va applikasiya
Maksad: Oila a'zolari haqida to'liq tushunchaga ega, ijodiy yondosha oladi, ranglarni to'g'ri tanlay oladi, mayda qo'l motorikasi rivojlanadi, oila a'zolarining rasmlarini chiza oladi, qog'ozdan kerakli shakllarni qirqa oladi, insonni ko'rinishini to'g'ri idrok etadi
Kerakli jixozlar: Kogoz, oila rasmlari, barcha ukuv kurollar.
Faoliyatning borishi:
Suratlar tomosha kilish.
Qo'shimcha: Kimga nima kerak uyini.
Alohida e'tibor qaratiladi: Har bir detallarning ya'ni tana a'zolarini o'z joyiga biriktirilganligi, ranglardagi uyg'unlikka, o'g'il-qizni ajrata olishiga