O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə77/135
tarix11.07.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#136346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Katta guruh tematika lotincha

Til va nutq.
Mavzu: “Shirin so'zlar bilan chqiramiz”.
Maqsad: So'zlashish odobi, nutq madaniyati, jonli va jonsiz tabiatga nisbatan erkalab nomlash xamda chaqirish ko'nikmalari kengayadi. So'zlarga qo'shimcha qo'shish orqali so'z tuzadi, so'z boyligigda yangi so'zlar ko'payadi.
Kerakli jihozlar: Jonli va jonsiz tabiatning kichik xajmdagi rasmlari tasvirlangan ko'rgazma, mavzu asosida ovozli yoki video shakldagi metodik qo'llanma.
Faoliyatning borishi:

  1. Ko'rgazmani tomosha qilish.

  2. AKT orqali namoish etilayotgan lavxa yoki ovozli yozuvni ko'rish, tinglash.

  3. Ko'rgan va tinglagan lavxalarini taxlil qilish.

  4. Lavxada nomlari kichraytirilgan jonli va jonsiz tabiatni kartochkalar orasidan topish.

  5. Xotirasida qolgan ma'lumotlar orqali kartochkadagi rasmlarni kichraytirish, erkalash ko'rinishida nomlab chiqish.

  6. Ixtiyoriy buyumlarni mustaqil kichraytirish yoki erkalash ko'rinishida nomlash.

  7. Olgan yangiliklarini do'stlari bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: Gurux tarbiyalanuvchilariga do'stlarini erkalash va kichraytirish qo'shimchalarini qo'shgan xolda chaqirishni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qo'shimchalarni to'g'ri qo'sha olish malakasiga, so'zdan so'z yasay olish malakasiga, kundalik xayotda shu so'zlardan foydalanishiga. Nutqidan aynan shu so'zlarning joy olganligiga.
Fan va tabiat.
Mavzu: Fonar chiroqlari yordamida tajriba o'tkazish.
Maqsad: Fonar chiroqlarining foydali tomonlarini biladi undan foydalanish malakasiga ega, fonardan qanday kasb egalari muntazam ravshda foydalanishi xaqida biladi.
Kerakli jihozlar: Fonar, turli hajmda: qalin, yupqa qog'ozlar, matolar, palatka, tunggi qoravul, chilangar, shaxtyor kasb egalari tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Nima uchun aynan shu kasb egalari muntazam fonardan foydalanishlarini aniqlash va sababini taxlil qilib ko'rish.

  3. Fonarni yoqish va uni o'chirish malaklarini shakllantirish.

  4. Fanarni guruxning turli tomonlariga tushirib ko'rish.

  5. Markazdagi qalin, yupqa qog'ozlar va matolarni olish.

  6. Ketma-ket qog'oz va matoni fanar ustiga yopish.

  7. Fanarni yoqib ko'rish.

  8. Fanardan tushayotgan yorug'likning yorqinlik darajasini taxlil qilish.

  9. Taxlilni sabablarini aniqlash.

  10. Palatkaga kirish.

  11. Palatka ichida fanarni yoqib yorug'likni his qilish.

  12. Qo'l barmoqchalari bilan palatka devorlariga turli shakllar soyasini tushirish.

Qo'shimcha: Jamoa bo'lib soya teatirini namoish etish.
E'tiborga molik jihati: tajribalar o'tkazishda bolaning qiziqishlari va tajribani bola hayotidan o'rin olganligi, tajriba yoki nazariyaning natijaviyligiga.


San'at markazi.
Mavzu: “Bayram tabrigi”. (Applikasiya)
Maqsad: Bayram arafasida yaqinlarining kayfiyatini ko'tarish yo'lini biladi, o'z ijodini namayon qiladi, tasviriy faoliyat turlaridan unumli foydalana oladi, nafislik va san'atga qiziqishi kuchayadi.
Kerakli jihozlar: Namunalar, qaychi, rangli qog'ozlar, qalamlar, yelim, bezak uchun munchoq, mayda gullar, lenta, qog'oz salfetkalar, rangli bo'yoq, guash, gupka.
Faoliyatning borishi:

  1. Namunalarni tomosha qilish.

  2. Reja tuzib olish.

  3. Reja asosida qurollanish.

  4. Ijodiy ish.

  5. Do'stlaridan maslaxat va fikrlar olish.

  6. Tayyor ishni qo'shimcha bezaklar, tabrik so'zlari bilan boyitish.

  7. Sovg'ani taqdim etish.

Qo'shimcha: Katta xajmdagi bayram tabriknomasini jamoa bo'lib yasash va u yerga xar bir bolaning ota-onasi, bivi-buvalari uchun tilaklari bilan to'ldirib gurux kirish yo'lakchasiga qo'yib ota-ona va buvi-buvalarga o'qitish.
Alohida e'tibor qaratiladi:Navbatdagi bayramlarda bolaning ushbu tabriknomalarni yasashi va taqdim etishiga.



Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin