2-bob. Vazirlikning tizimi Oldingi tahrirga qarang. 9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
hududiy bo‘linmalar;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
“Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi;
Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti;
Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi;
Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari 10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang. 5) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
(10-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(10-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 7) maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
(10-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 8) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, to‘laqonli va ratsional, muvozanatli, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlashga, asoslangan tibbiy ko‘rsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirishga yo‘naltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
(10-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. 9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
(10-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)