O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə4/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#78177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8-B

Oldingi tahrirga qarang.
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari sifatli bajarilishini ta’minlash borasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(11-band 1-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari, maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
(11-band 1-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari, o‘quv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi;
(11-band 1-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yo‘li bilan idoraviy mansub ta’lim tashkilotlarida budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
rivojlanish tenedensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining ta’lim bilan bog‘liq faoliyatini va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
jurnallar, blankalar, o‘quv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari e’lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
idoraviy mansub ta’lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
ta’mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kuz-qish fasliga tayyorlash bo‘yicha ishlarni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini joriy ish holatida saqlanishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta’lim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha ta’lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik o‘rnatadi;
3) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash sohasida:
fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining dolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;
maktabgacha ta’limning amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari va umumta’lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi;
raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarida ko‘maklashadi,
konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ‘ib qiladi;
bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ‘ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma’rifat bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida prognozlashtirish bo‘yicha axborot-tahlil ishlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi;
4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
milliy mustaqillik g‘oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;
o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta’minlashga ko‘maklashadi;
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida o‘quv safarlarini tashkil etadi;
5) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash sohasida:
o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;
ilg‘or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi;
bolalarni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashadi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
maktabgacha ta’lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy-metodik axborotni yoyishga ko‘maklashadi;
qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko‘paytirilishini tashkil etadi;
bolalar badiiy adabiyotlarini, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlarni yaratish bo‘yicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi monitoringini olib boradi;
maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga ko‘maklashadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
7) maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlaydi;
har yili oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish borasida maktabgacha ta’lim sohasida takliflarni shakllantiradi;
o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha kasb mahorati tanlovlari o‘tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
ta’lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo‘yicha asosiy talablarni belgilaydi;
8) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy-pedagogik va tashkiliy sharoitlarni ta’minlaydi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, o‘qish va yozishga, chet tilining dastlabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida to‘laqonli kamol toptirishni ta’minlaydi;
bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli to‘garaklar bilan qamrab olish bo‘yicha tizimli faoliyatni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining to‘laqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sog‘lom ovqatlanishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi;
9) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga ko‘maklashadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin