BolalargaO tovushi bilan boshlanadigan bir necha buyum rasmli kartochka orqali ko‘rsatiladi va birga talaffuz qilinadi va ularga O tovushi bilan boshlangan so‘zlar qatori tuzish uchun “Zanjir” o‘yin o‘ynaladi(bolalar koptokni bir-birlariga uzatib o‘ynaydilar).
Unda bolalar doira bo‘lib turib oladilar va birinchi bola Otovushi bilan boshlanadigan so‘z aytadi ikkinchi bola boshqa shunday so‘z aytadi va o‘yin shu tariqa yana birinchi bolaga qaytib kelgunga qadar davom etadi. Masalan: Olma,olcha, olxo‘ri, ona…kabi
Tarbiyachi “Zanjir” o‘yinidan so`ng tarbiyalanuvchilarga O tovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkaziladi.
Bolalar javoblari tinglangandan so`ngO harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda O harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
O harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga O kesma harfi yopishtiriladi.)
Quvnoq daqiqa
“Mevalar salati” o`yini:
Bolalar doira bo`lib o`tiradi. Boshlovchi har bir bolaning qulog‘iga uchta mevaning nodaqiqai aytib chiqadi (olma, olcha, olxo‘ri). Boshlovchi qaysi mevaning nomini aytsa, o‘sha mevalar joyini almashtiradi yoki boshlovchi “Mevalar salati” desa hamma bolalar joylarini almashtiradilar, o‘z joyiga o‘tira olmagan bola boshlovchi bo‘ladi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma O harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta O harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Oharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
G‘ildirakka qarasang
“O” harfini ko‘rasan
Bu harfda burchak yo‘q
Shuning uchun dumoloq.
Tarbiyachi bolalardan ikkita bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan bosh “O” harfini yasab ko‘rsatishlarini so‘rashi mumkin. (Tarbiyachi namuna ko‘rsatadi).
Dostları ilə paylaş: |