O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə29/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Quvnoq daqiqa
Q uyoncha
Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkamushlabqo‘lida
Sabzisiniquyoncha.

Barmoqlar tugiladi. Ko‘rsatkich hamda o‘rta barmoq ko‘tarilib uyon-buyon qimirlatiladi.


Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma N harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta N harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga N harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Uni yasamoq oson,
Diqqat bilan qaragin-
Ikki ustun orasiga
Qiya ustun tiragin.
“Non, nog‘ara” so‘zlari
Qanday harfdan boshlanar?
To‘g‘ri topding, bolajon,
Boshida “N” yozilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi N undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (non, nov-voy, no‘-xat, nar-von) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda N undosh ishtirok etgan bo‘lsa Nkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar daftarlarida mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Nnharfining bosma shaklini yozing.
2. N harfi so‘zning boshida kelgan rasmlarni chiziq bilan birlashtiring.
3. Rasmlarni nomlang. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling. N tovushi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
4. Harflarni qo’shib o’qiymiz.


Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- N harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
-Qaysi harflarni qo‘shib o‘qidik?
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?


Mavzu: Tt harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Tt harf-tovushi bilan tanishadilar;
- T tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- T tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin