O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə26/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg‘ulotning borishi:
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda o‘rganilgan harflarni o‘qib talaffuz qilib berishni bolalardan so‘raydi. Bolalar harflarni topib, uning qanday harf ekanligini (bosh yoki kichik) aytib, talaffuz qilib ko‘rsatadilar.
So’ngra “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda I tovushi bor ilon rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi I tovushini cho`zib (i-i-i-lon) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachiga eslatma.

Itovushini talaffuzidalablar jilmaygan holatdagidek, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, oldingi tishlar orasi ochiq, tilning keng uchi pastki tish qirralariga, tilning yon qirralari esa yuqorigi katta tishlarga tegib turgan, til kuragi qattiq tanglayga ko‘tarilgan, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan burun yo‘llarini yopib turgan, havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadigan holatda bo‘ladi, tovush boylamlari esa birikkan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil qiladi.

Tarbiyalanuvchilarbilan birga I tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng I harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda Iharfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.


Iharfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga I kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
«Otlar» o‘yini
O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh bolalari ot haydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa "otlarga" bo‘linadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar
Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardek “iii” deb yuguradilar. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan haydovchilar otlarni «drrr» deb to‘xtatadilar. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma I harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Iharfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Iharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Ko‘chadagi ustuncha
Tikka bo‘lib turarkan,
yerga yotqizib qo‘ysa-
Yotmayman, deb aytarkan


Amaliy masq.
Tarbiyachi I unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (ip, it, i-lon, ig-na) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda I unli ishtirok etgan bo‘lsa Ikesma harfni baland ko‘taradilar.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin