U harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
U harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga U kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi, tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma U harfini doskada chizib ko`rsatib beradi.Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta U harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalargaU harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Taqaga o‘xshab ketar
“U” harfining o‘zlari,
Shu harfdan boshlanar
“Uzum”, “ustun” so‘zlari
Amaliy masq.
Tarbiyachi U unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (u-zum, uk-ki, u-chuv-chi, un, uy) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda U unli ishtirok etgan bo‘lsa U kesma harfni baland ko‘taradilar.
Quvnoq daqiqa
“Shamol esyapti” o‘yini
Bolalar stulchalarda yarim doira shaklida o‘tiradilar, tarbiyachi shunday deydi: Biz yozda o‘rmonga sayrga bordik. Dala bo‘ylab ketyapmiz, quyosh oltin nurlarini har tomonga sochyapti, yengil shamol esib o‘tlarni, gullarni tebratyapti. Shamol sekin esyapti, mana bunday: “u”-“u”-“u”, (tarbiyachi “u” tovushini sekin va cho‘zib talaffuz etadi). Mana bog‘chaga ham yetib keldik, bizlar ko‘plab gullar, mevalar terdik va uyimizga qaytmoqchi bo‘ldik. Birdaniga kuchli shamol esa boshladi. Shamol qattiq guvillay boshladi: “u”-“u”-“u’... (tarbiyachi bu tovushni baland va uzoq talaffuz etadi). Bolalar tarbiyachiga taqlid qilib, yengil va kuchli esayotgan shamolning ovozini takrorlaydilar.
Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar daftarlarida mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |