O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə30/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh T va kichik “t” harflari T tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, T tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Hammamiz birga harakatlanamiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Rasmni joyiga qo‘y”, “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Hammamiz birga harakatlanamiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Rasmni joyiga qo‘y”, “Harfni qo‘shib o‘qiymiz”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”, “Zanjir” .
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va bolalarga murojaat qilib “Hammamiz birga harakatlanamiz”, - deyiladi.
Qo‘llarimiz belda.
Keyin esa yonda
Ko‘taramiz tepaga
Keyin esa yelkaga
Qo‘llarimiz ko‘p-ko‘p
Oyoqlarimiz to‘p-to‘p
Quyon bo‘lib sakraymiz
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
Bolalar joylariga o‘tiradilar.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda T tovushi bor tovuq rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi T tovushini takrorlab (t-t-t-to-vuq) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga T tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Ttovushini talaffuzidalablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashadi, ammo birikmaydi, T tovushi unli “a”, “o”, “i”, “u” tovushlari bilan birgalikda talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolaga tiralib turadi, Ttovushi “ya”,”ye”, “yu” unli tovushlari bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlarga tegib turadi, yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, tomoqning orqa devoriga tiraladi va burun yo‘llarini yopadi, buning natijasida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiqbo‘lib, tovush jaranglamaydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Tundosh tovushlar sarasiga kirishi, undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuncha beradi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Ttovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. Shundan so`ng T harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda Tharfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Tharfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Tkesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin