Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar: birinchi guruh bolalari poezdning vagonchalari bo‘lishadi, ikkinchi guruh bolalari – ishchilar. Tarbiyachining poezd yurib ketdi deyishi bilan bolalar qo‘llarini tirsakdan bukib, aylanma harakat qilib, bir- birlarining ketlarida “t”-“t”-“t”, deb yuradilar. Bolalar “t”-“t”-“t” deyish bilan poezd va vogonchalar g‘ildiraklarining taqillashini aks ettiradilar. Ma'lum bir joyga – “bekatga” borib poezd to‘xtaydi. Ishchilar vagonchalarni tekshirib chiqadilar. Ular qo‘llaridagi kichkina bolg‘acha bilan vagoncha bo‘lgan bolalarning oyoq kiyimlariga urib taqillatib ko‘radilar. Taqillatish vaqtida (ishchi bo‘lgan bolalar) “taq-taq”... deb aytadilar. Vagonlarni tekshirib bo‘lgach, tarbiyachi poezdning yurib ketishi uchun signal beradi. Bolalar rollarni almashtirib, yo‘lda davom etadilar.
Amaliy ish. Tarbiyachi bolalarga katta bosma T harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta T harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga T harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
-Qani aytgin, sen qizcha
Bu qandayin bolg‘acha?
Bolg‘acha “taq-taq” etar:
“T”ga do‘stman,- deb aytar
Amaliy masq. Tarbiyachi T undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (to-vuq, tom, tan-dir, ot, it, o-ta, mit-ti) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda T undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Tkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar daftarlarida mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Ttharfining bosma shaklini yozing.
2. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling. T tovushi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang. 4. Harflarni qo’shib o’qiymiz.