Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- H harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
-Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Mavzu: Ll harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Ll harf-tovushi bilan tanishadilar;
- L tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- L tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh L va kichik l harflari L tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, muz tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib tarbiyachiga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
Dostları ilə paylaş: |