Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda L tovushi bor lola rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi L tovushini takrorlab (l-l-l-lo-la) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi L tovushini talaffuzini tushuntiradi.
Tarbiyachiga eslatma.
Ltovushini talaffuzidalablar yengil kulgu holatida, tishlar ko‘rinib turadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, til uchi alveolalar bilan birikadi, tilning orqa qismi bir oz ko‘tariladi, havo oqimi tilning yon tomonlaridan, til oralig‘idan va jag‘ yonlaridang o‘tadi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi. Havo esa og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan, tebranib, tovush hosil bo‘ladi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga L undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, L tovushining talaffuzini o‘rgatadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan L tovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.
L tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng L harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda L harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
L harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga L kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
«Rubob chalamiz» o‘yini
O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga: Hozir sizlar orkestr bo‘lasizlar. Orkestrda ko‘p musiqa asboblari chalinadi. Sizlar rubob chalasizlar, deb rubobni qanday ushlab chalish kerakligini ko‘rsatadi (chap qo‘li bilan huddi rubobning pardasini ushlayotgandek, o‘ng qo‘li bilan esa torni chertayotgandek harakat qilib “la-la-la”, deb aytadi). Tarbiyachining ishorasi bilan hamma bolalar rubob chaladilar.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma L harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta L harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga L harfi haqida quyidagi quvnoq she’rlarni aytib berishi mumkin.
Boltacha o‘tin yorib
Kelib dam olar.
“L”ga o‘xshar ekan, deb
Bolalar eslab yurar.
|
Laylak uchib keldi,
Janubdan ko‘chib keldi.
Lal-la, la, la.
Tol boshiga in soldi,
Shu yerli bo‘lib qoldi.
Lal-la, la, la.
Kelganlari soz bo‘ldi,
Bu yoqda ham yozbo‘ldi.
Lal-la, la, la.
Bolalar “Lal-la, la, la” naqoratiga qo‘shiladilar.
|
Amaliy masq.
Tarbiyachi L undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (lo-la, la-gan, lay-lak tul-ki, i-lon) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda L undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Lkesma harfni baland ko‘taradilar.
Dostları ilə paylaş: |