O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə42/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib tarbiyachiga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda B tovushi bor Ba-liq rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi B tovushini takrorlab (b-b-b-ba-liq) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda B tovushini xo‘r bo‘lib aytadilar. U tovushi undosh tovush ekanligi, Btovushini cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmasligi tushuntiriladi.
Tarbiyachiga eslatma.

Btovushini talaffuzidalablar tinch holatda birikkan bo‘lib, havo chiqishi bilan birdaniga ochiladi, tish qirralari orasidagi masofa va tilning holati B tovushidan keyin keladigan unli tovushga bog‘liq bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi. Havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush boylamlari birikkan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanBtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.B tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng B harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda B harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.


B harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga B kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Bolalar she'r so‘zlariga mos harakat qiladilar.
Oyog‘imiz taq– taq – taq,
Qo‘limiz chapak – chapak,
Boshimiz sarak – Sarak.
Qo‘limizni ko‘tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo‘lib,
Joyimizda aylandik.
Qo‘lni yonga tushirdik,
Doira bo‘ylab yugurdik.


Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma B harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplar yoki sho‘r xamirdan katta B harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga B harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Baliq suvda suzadi,
Go‘shti maza bo‘ladi.
Bodring, banan so‘zlari
B”harfidan boshlanadi.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin