Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Hammamiz birga harakatlanamiz”
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va bolalarga murojaat qilib “Hammamiz birga harakatlanamiz”, - deydi.
Baliq bo‘lib suzamiz,
Qushlar bo‘lib uchamiz.
Chiroyli o‘tiramiz,
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
Bolalar joylariga o‘tiradilar.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda H tovushi bor hassa rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi H tovushini takrorlab (h-h-h-has-sa) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga H tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.
Htovushini talaffuzidalablar bir oz ochiq, harakatsiz, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng qismi pastki kurak tishning orqasida turadi, havo tomoqdan qirilmay, yumshoq chiqadi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Hundosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Htovushining talaffuzini o‘rgatadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanHtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkaziladi.H tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng H harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda H harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
H harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga H kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |