O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa



Yüklə 3 Mb.
səhifə35/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Kichraytirib ayt”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi bolalarga koptokni uzatib, aytilgan so‘zni kichraytirib aytishni taklif etadi va bolalar javob berib tarbiyachiga uzatadilar. Na'muna: Mushuk- mushukcha, maymun-maymuncha, mayna-maynacha, mix-mixcha, mashina-mashinacha.....
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda M tovushi bor mushuk rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi M tovushini takrorlab (m-m-m-mu-shuk) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.M tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Mtovushini talaffuzidalablar kuchsiz birlashadi, tish qirralari orasidagi masofa va til holati “M” tovushidan keyin keladigan unli tovushlarga bog‘liq bo‘ladi, yumshoq tanglay pastga tushgan bo‘lib buning natijasida, havo burundan o‘tib ketadi, tovush boylamlari birikadi va tebranadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Mundosh tovushlar sarasiga kirishi, chunki bu tovushni talaffuz qilinayotda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab lablar yumilib, so‘ngra ochilishini tushuntiradi.


Tarbiyachi “Mushuk qanday tovush chiqaradi?”, “Sigir qanday ovoz chiqaradi?” kabi savollar bilan bolalarning M tovushi haqidagi tasavvurlari oydinlashtiriladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga M undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, M tovushining talaffuzi o‘rgatadi.
Tarbiyalanuvchilar M tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o`tkaziladi. M tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng M harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda M harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
M harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga M kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa: “Buzoqlarni boq”
Tarbiyachi: bolalar hammamiz o‘rnimizdan turamiz. Sizlar buzoqlar bo‘lasiz. Guruh xonasining bu burchagi “o‘tloq”, mana bu burchagi “molxona” bo‘ladi. Siz xona bo‘ylab “o‘tloqda” yurasiz. O‘tloqdan molxonaga kelganda : Muu.. deb ma'raysizlar.O‘yin shu tariqa davom etadi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma M harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho‘plardan katta M harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga M harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Ikki do‘st qo‘l ushlashib
Do‘stlik sulhi tuzildi,
Ularning o‘rtasida
M” harfi poydo bo‘ldi.


Amaliy masq.
Tarbiyachi M undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (may-mun, ma-shi-na,mak-ka,meh-mon, nim-cha,muz) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda M undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Mkesma harfni baland ko‘taradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin