O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə33/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda S tovushi bor soat rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi S tovushini takrorlab (s-s-s-so-at) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachiga eslatma.

Stovushini talaffuzidalablar kulgu holatida, tishlar ko‘rinib turadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng qismi pastki kurak tishning orqasida turadi, tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlar yoki alveolalar bilan tirqish hosil qiladi, til kuragining yon qirralari yon tishlarga zich tiralgan bo‘lib, faqat o‘rta qismida ingichka tirqich qoladi, tilning o‘rtasida sovuq havo oqimi o‘tadi, buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa qisdaqiqai og‘iz oldiga olib borish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopadi va buning natijasida havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglaydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga S undosh tovush ekani, undosh tovush unlitovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, S tovushining talaffuzi o‘rgatadi.


So‘ngra tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanStovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. S tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng S harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda S harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
S harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga S kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Bolalar doira bo‘lib turib oladilar. Bolalar qo‘llarini harakatlantirib tarbiyachi bilan birga talaffuz qiladilar: Nasosdan havo chiqyapti va xushtak chalyapti: “S”- “S”- “S”
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma S harfini doskada chizib ko`rsatib beradi.Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta S harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga S harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Ilmoqchaga o‘xshatib,
S” bo‘ynini egadi,
Davom ettirsa uni,
Sakkiz bo‘lib qoladi.

Amaliy masq.
Tarbiyachi S undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (so-at, sa-vat, san-diq, sab-zi,a-sal, at-las) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda S undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Skesma harfni baland ko‘taradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin