Quvnoq daqiqa “Tasmali harflar” Bolalar gilamchaga turli xil tasmalardan harflarni yasaydilar. Tarbiyachi bolalar tomonidan eng chiroyli va to‘g‘ri tasvirlangan harflarni tanlaydi va bolalarni rahbatlantiradi.
Amaliy ish. Tarbiyachi bolalargakatta bosma P harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta P harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga P harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Parpi poezdda kelar,
Qo‘li esa belida.
Vagonda to‘la pilla,
Ishonmasang, qara-da.
Amaliy masq. Tarbiyachi P undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (pax-ta, pul, pil-la, po’-yzd, ka-pa-lak, pi-yo-la) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda P undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash. Topshiriqlar:
1.“P” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “P” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
Yakuniy qism: 5 daqiqa. Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: - Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- P harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- So‘zlarni necha bo‘g‘inga bo‘ldik?
Mavzu: O‘o‘ harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad: - unli harflar guruhiga kiruvchi O‘o‘ harf-tovushi bilan tanishadilar;
-O‘ tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-O‘ tovushini so‘zning boshida, o’rtasida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.