O‘ harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga O‘ kesma harfi yopishtiriladi.)
H arflarning uch xususiyati: yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Q uvnoq daqiqa.
Daraxtlar
Salom, ey, yashil o‘rmon,
Sen ertaklarga makon!
Chap va o‘ng qo‘llar kaftini barmoqlarni keng ochgan holda o‘ziga qaratib ko‘tariladi. Barmoqlar ochiq holda qo‘llar ikki yonga uzatilib, silkitiladi
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma O‘ harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta O‘harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga O‘ harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
O‘rgimchak inida yotdi,
10 daqiqada xurrak otdi.
Amaliy masq.
Tarbiyachi O‘ unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (o‘n, o‘-rik, o‘-tin, o‘r-mon, bo‘-ri, to‘-ti) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda O‘ unli tovush ishtirok etgan bo‘lsa O‘ kesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.“ O‘” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “O‘” harfi o‘rnini qizil rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- O‘ harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-Necha bo‘g‘inli so‘zlar tuzdik?
Dostları ilə paylaş: |