Tarbiyachiga eslatma.
Dlablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Dundosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, D tovushining talaffuzini o‘rgatadi. D tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng D harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda D harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
D harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga D kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
“Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma D harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta D harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga D harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Oyijonim olmani-
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
“D”ga o‘xshar, dedilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi D undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (daftar, do‘ppi, don, deraza, dutor, doira, do-ri, da-la ) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda D undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa D harfni baland ko‘taradilar.
Dostları ilə paylaş: |