O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Asosiy qism: 20-25 daqiqa



Yüklə 3 Mb.
səhifə57/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

2.Asosiy qism: 20-25 daqiqa.
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda E tovushi bor echki rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar.
Tarbiyachi E tovushini cho`zib (e-e-e-ech-ki) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiE tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Etovushini talaffuzidalablar jilmaygan(kulgan), tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, oldingi tishlar ko‘rinib turgan, tilning keng uchi pastki tish qirralariga tegib turgan, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan, burun yo‘llarini yopib turgan hamda havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadigan, tovush bog‘lamlari birikkan, tebranib tovush hosil qiladigan holatda bo‘lib turishiga e'tibor berish kerak.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga E unli tovush ekani, unli tovush undosh tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, E tovushining talaffuzini o‘rgatadi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Etovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda E tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng E harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda E harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Tarbiyachi bolalarga E tovushi bilan boshlanadigan so‘zlarni rasmli kartochka orqali ko‘rsatadi va birga talaffuz qiladi.
E harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga E kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
“So‘z top" o‘yini. Tarbiyachi bolalarni 2 guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “E” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “E” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma E harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta E harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga E harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Hovlidagi narvoncha
Birdan sinib qolibdi.
Bitta ustuni tushib
“E harfi bo‘p qolibdi
Amaliy masq.
Tarbiyachi E unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (echki, eshak, etik,elak, etak, ekin) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda E unli tovush ishtirok etgan bo‘lsa Ekesma harfni baland ko‘taradilar.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin