O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə59/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Men nimani yaxshi ko‘raman”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi. Bolalar bir-birlariga nimani yaxshi ko‘rishlarini aytadilar. (men rasm chizishni yaxshi ko‘raman, men raqsga tushishni yaxshi ko‘raman, musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman, men she'r yodlashni yaxshi ko‘raman, men ertaklarni aytib berishni yaxshi ko‘raman.....).
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda J tovushi bor jo‘ja rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Y tovushini takrorlab (j-j-j-jo‘-ja) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiJ tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Jtovushini talaffuzida lablar oldinga lablar aylana shaklida va oldinga bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir- biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi alveolaga yoki qattiq tanglayning oldingi qirrasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tirqish(bo‘shliq)hosil bo‘ladi, tilning o‘rtasidan iliq havo oqimi o‘tadi. Buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa tomonini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan bo‘lib, tebranib tovush hosil qiladi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga J undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, J tovushining talaffuzini o‘rgatadi. J tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng J harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda J harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.


J harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga J kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin