O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə62/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Quvnoq daqiqa
O‘rinini top” o‘yini
O‘yinning mazmuni: bolajonlar, hozir men sizlarga turli rasmli kartochkalar ko‘rsataman va nomlarini aytaman. Sizlar ana shu so‘zlarda “Q” tovushi qaerda joylashganini topasizlar. (tarbiyachi bu tovushni baland talaffuz etadi). Bolalar tarbiyachiga taqlid qilib takrorlaydilar va “Q” tovushi qaerda joylashganini topadilar.
-qovun, qaychi, qalam (so‘z boshida)
-arqon, dehqon, sichqon ( so‘z o‘rtasida)
-yostiq, baliq, ayiq (so‘z ohirida)
Keling siz bilan ona tovuqqa taqlid qilib, ona tovuqdek “Qo-qolaymiz”. Birgalikda qo-qo-qo
Amaliy ish.
1.Tarbiyachi bolalarga katta bosma Q harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta Q harfini yasaydilar.
2.Bolalar bilan amaliy mashq “Eslab qoling va aytib bering”
Tarbiyachi bolalarga qofiyadosh so‘zlarni aytadi, bolalar takrorlaydilar.
Qor-tor, qo‘y-so‘y, qosh-tosh, qayiq- ayiq, o‘roq- so‘roq, qoya- soya


Amaliy masq.
Tarbiyachi Q undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (qovun,qovoq, qush, qosh, qarg‘a) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda Q undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Qkesma harfni baland ko‘taradilar.


Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.“Q” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “Q” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
7. Tez aytish. Yod oling.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- Q harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin