O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


- Qanday so‘zlarni tuzdik? -



Yüklə 3 Mb.
səhifə70/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

- Qanday so‘zlarni tuzdik?
- Qanday gaplarni tuzdik?


Mavzu: “ng” harf- birikmasi bilan tanishtirish
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi ng harf-tovushi bilan tanishadilar;
-ng tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-ng tovushini so‘zning oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, ng harf birikmasi tovushi bor suratlar. ng tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Hammamiz birga harakatlanamiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Hammamiz birga harakatlanamiz”
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va “Hammamiz birga harakatlanamiz”,- deydi.
Assalom
Har kun tongda turaman,
Dildan yayrab yuraman.
Yayrab desam assalom,
Zavq olaman bir olam.
Salom so‘zi muqaddas,
Salom o‘zi muqaddas.
Tog‘a, xola, ammaga,
Salom-deyman hammaga.
Hamma dildan salom der
Rahmat derman bolam der.
Tarbiyachi: Bolajonlar ertalab uyqudan turgandan so‘ng oila a'zolarimizga, kun davomida kattalarni ko‘rganda albatta salom berish bu odobdandir.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin