O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə78/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Tarbiyachiga eslatma.

Vtovushini talaffuzidapastki lab yuqorigi tish qirralariga yaqinlashganda orada o‘pkadan havo chiqib ketishi uchun tor bo‘shliq hosil bo‘ladi, yuqorigi lab yengil ko‘tariladi, yuqoridagi tish qirralari ko‘rinib turadi, pastki tish qirralarini pastki lab yopib turadi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi esa og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikkan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga V undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Vtovushining talaffuzini o‘rgatadi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Vtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. V tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng V harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda V harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
V harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga V kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa

Tarbiyachining so‘zlari

Bolalar harakatlari

Uycha baland bo‘lsin desangiz,
Uycha mahkam bo‘lsin desangiz.
Mixlarni tekis qoqqin
O‘nga to‘q-to‘q-to‘q,

Chapga to‘q-to‘q-to‘q,


Oldinga to‘q-to‘q-to‘q,

Bolalar chordana qurib o‘tiradilar
Qo‘llarining kaftlari bilan tizzalariga urishadi;
musht bilan tizzalariga urishadi;
Ikki qo‘l mushti bir-biriga uriladi;
O‘ng qo‘l mushti bilan o‘ng tarafga yerga uradilar;
So‘ng chap tarafga
Ikki qo‘l mushti bilan oldilarida «mix qoqishadi»

Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma V harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta V harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga V harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Rim sonlari ichidan
Beshinchi joyni olar,
“Vaqt”, “varrak” so‘zlari
“V” harfidan boshlanar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi V undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (varrak, velosiped, vagon, vanna, qovoq, narvon,lavlagi, qovun, olov, palov, yaylov) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda V undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa V harfni baland ko‘taradilar.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin