Mavzu: Vv harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Vv harf-tovushi bilan tanishadilar;
- V tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- V tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh V va kichik v harflari, V tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, V tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Erkalatib ayt”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Erkalatib ayt”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va bolalarga so‘zlarni kichraytirish – erkalatish shaklida nomlashni taklif etadi. Varrak-varrakcha, velosiped-velosipedcha, vagon-vagoncha, qovoq-qavoqcha, narvon-narvoncha, qovun-qovuncha ...
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda V tovushi bor varrak rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi V tovushini takrorlab (v-v-v-var-rak) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiV tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Dostları ilə paylaş: |