Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Hammamiz birga harakatlanamiz”
Bolalar diqqatini jamlash maqsadida tarbiyachi bolalardan doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi va bolalarga murojaat qilib “Hammamiz birga harakatlanamiz”, - deydi.
Qo‘llarimiz belda.
Keyin esa yonda
Ko‘taramiz tepaga
Keyin esa yelkaga
Qo‘llarimiz ko‘p-ko‘p
Oyoqlarimiz to‘p-to‘p
Quyon bo‘lib sakraymiz
Mashg‘ulotni boshlaymiz.
Bolalar joylariga o‘tiradilar.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda Z tovushi bor zanjir rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Z tovushini takrorlab (z-z-z-zan-jir) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiZ tovushini talaffuzini tushuntirib beradi,
Tarbiyachiga eslatma.
Ztovushini talaffuzidalablar kulgu holatida, tishlar ko‘rinib turadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng uchi pastki kurak tishlarining orqasida turadi, tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlar yoki alveolalar bilan tirqish hosil qiladi, til kuragining yon qirralari yon tishlarga zich tiralgan bo‘lib, faqat tilning o‘rta qismida ingichka tirqich qoladi, tilning o‘rtasidan sovuq havo oqimi o‘tadi, buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa qisdaqiqai og‘iz oldiga olib borish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopadi va buning natijasida havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan, u tebranib tovush hosil qiladi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Z undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Z tovushining talaffuzini o‘rgatadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Ztovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.Z tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng Z harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda Z harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Z harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Z kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |