O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə76/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Quvnoq daqiqa
Qo‘ng‘izlar” va “Chivinlar” o‘yini
Tarbiyachi: bolalar hozir ikki guruhga bo‘linamiz. Birinchi guruh bolalari chivinlar bo‘ladilar, ikkinchi guruh bolalari qo‘ng‘izlar bo‘ladilar. Chivinlar mana bu yerda yashaydilar, qo‘ng‘izlar esa mana bu yerda yashaydilar. Qachon men “Chivinlar uchib ketishdi” deb aytsam, chivinlar xona bo‘ylab yugurib ketadilar va “zzz” deb aytadilar. Qachon men “Qo‘ng‘izlar uchib ketdilar” deb aytsam, qo‘ng‘izlar xona bo‘ylab yugurib ketadilar va “jjj deb aytishadi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma Z harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Z harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Z harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Arqonda yo‘q,
Zanjirda bor.
Uzum so‘zi o‘rtasida,
Piyoz so‘zi oxirida.
Amaliy masq.
Tarbiyachi Z undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (zar, zina, zag’cha, zag’izgon, uzum, Zuh-ra, A-ziz, ) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda Z undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Zkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.Z harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. Z harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- Z harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik?
- Qanday gaplarni tuzdik?



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin