Ish daftari bilan ishlash. Topshiriqlar:
1. “’” belgisiniharfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “’” belgisinio‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa. Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: - Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- “’” belgisi ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytib bering. -Qanday so‘zlarni tuzdik?
- Qanday gaplarni tuzdik?
Mavzu: Mustaqil o‘qish Maqsad: - tovush va harflar bo`yicha egallagan bilimlari mustahkamlanadi;
-So`z, bo`g`in, gap haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi ;
-So`z va gaplarni o`qish malakalari rivojlanadi ;
-kitob oqishga qiziqishlari oshadi;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: “Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar, rasmli alifbo, kitob maketi, kesma harflar, ish daftari, rasmli kartochkalar, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “ Suhbat”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Teatrlashgan”, “So‘zni top”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuz” o‘yini.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Suhbat”
Bolajonlar men bugun mashg`ulotni boshlashdan oldin sizga bir xabarni aytib o`tmoqchiman. Bizning katta kitobimizga barcha harflarni topdik ularni o`rnini belgiladik ammo ng va ‘ belgisi bu yerda turmaymiz ketamiz deb hafa bo`lyaptilar. Kelin shu do`stlarimizga yordam beraylik. Ular o`rmonga ketib qolganlar. Joylariga olib kelamizmi?
II.Asosiy qism: 20 daqiqa Xonani qo`g`irchoq teatri uchun mos qilib bezatilgan va bolalar sahna qarab o`tkaziladi.
Xonaga katta kitob maketi shaklidagi kitob qahramoni kirib keladi.
Boshlovchi:Kitobjon nega horg’in ko’rinasan?
Kitob: Men uzoq o’lka, harflar mamlakatidan keldim. Yurtingizdagi barcha siz kabi bolalarga bilim berib, ozroq toliqdim.
Boshlovchi: Unday bo’lsa sen damini olib tur biz esa senga qo`shiq aytib beramiz
Quvnoq daqiqa; Qo’shiq : Bolalar sehrli dunyoqo`shig`ini kuylab raqsga tushadilar. Kitob: men ancha dam oldim endi menga dono harflarimni topgani yordam bering. Tartib bilan saf tortgan 29 bahodir.
Shulardan “A” degani
Hammasiga komandir.
Hamma- alifbo.(ekranda harflar pala-partish joylarini topmoqchi bo‘ladilar)
Tarbiyachi: Ey to‘xtanglar, bunday bo‘lmaydi siz ertakdagi harflar singari o‘z joyingizni bilmay qoldingiz. Keling sizni joylashtiraylik. Yo‘q buning uchun ertakka qaytmasak bo‘lmaydi.
“Bir bor ekan bir yo‘q ekan qadim zamonda harflar mamlakati bo‘lgan ekan”
‘ va ng : qo‘shiq aytib sahnaga kirib keladilar.