O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə82/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Erkalatib ayt”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va bolalarga so‘zlarni kichraytirish – erkalatish shaklida nomlashni taklif etadi. Fanar-fanarcha, fil-filcha, qafas-qafascha, pufak-pufakcha ...
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda F tovushi bor Ful rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi F tovushini takrorlab (f-f-f-fil) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiF tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Ftovushini talaffuzidapastki lab yuqorigi tish qirralariga yaqinlashgach, o‘rtasida tor bo‘shliq hosil bo‘ladi, shu tor bo‘shliqdan havo o‘tadi, bu vaqtda yuqorigi lab yengil ko‘tarilgan bo‘ladi, yuqoridagi tish qirralari ko‘rinib turadi, pastki tish qirralariesa pastki lab bilaaan bekitilgan bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘ladi, hamda burun yo‘llarini yopib turadi,o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tadi, tovush boylamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga F undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, F tovushining talaffuzini o‘rgatadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Ftovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. F tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng F harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda F harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
F harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga F kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Shoxdor echki
Shoxdor echki kelmoqda,
Bolalarni ko‘rmoqchi.
Kim ichmasa sutini,
Kim yemasa oshini,
Suzib oladi uni.

Qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i va jimjilog‘idan boshqalari bukilgan.Bu -"echki". "Suzib oladi uni" qatori aytilganda, ular bolaga qarab qimirlatiladi.


Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma F harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta F harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga F harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Arqonda yo‘q,
Zanjirda bor.
Uzum so‘zi o‘rtasida,
Piyoz so‘zi oxirida.
Amaliy masq.
Tarbiyachi F undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (fil, futbol, fasl, farzand, fanar, favvora, qafas, oftob, daftar, pufak,) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda F undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Fkesma harfni baland ko‘taradilar.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin