O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə69/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Quvnoq daqiqa
O‘xshashini top”.
O‘yin mazmuni: yerga turli xil harflar chizilgan. Bolalarning qo‘llariga xuddi shu harflar tasvirlangan karton qirqimlari beriladi. Tarbiyachi bolalarga qo‘llaridagi harfning o‘xshashini yerdagi tasvirdan topib ustiga qo‘yishlarini aytadi.
O‘yin tarbiyachining ishorasi bilan boshlanadi. O‘yin barcha bolalar qo‘llaridagi harfning joyini topgunlariga qadar davom etadi. So‘ng harflar o‘zaro almashtiriladi. Agar bolalar xohlasa o‘yin 2-3 marta takrorlanadi.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma G harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta G harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga G harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Patnis ushlab yuraradi,
Oymomoxon qo‘lida,
Patnis bo‘shki, desak ham
Davom etar yo‘lida.
Eh, bilmabman, attang-a,
G” harfi-ku bu, do‘stlar,
Paydo bo‘lsa yulduzcha,
G” ga aylanib qolar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi G undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (gi-los, gul, gul-xan, gugurt, il-gak, tug-ma, Ni-go-ra,barg, yeng, bod-ring) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda G undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa G harfni baland ko‘taradilar.


Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar:
1.G harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. G harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- G harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin