II. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda SH tovushi bor sholg'om rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Sh tovushini takrorlab (sh-sh-sh-shol-g'om) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiSh tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.
Shtovushini talaffuzidalablar aylana shaklida va oldinga bir oz chiqqan, tishlar bir- biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi qattiq tanlayning oldingi qirrasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular oralig‘ida tirqish hosil bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devorga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi. Buning natijasida havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
|
Sh undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Sh tovushining talaffuzini o‘rgatadi. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda SH tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng SH harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda SH harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
SH harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga SH kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Kuchukcha
Soqchiman uyingizga,
Qo‘riqchi qo‘yingizga.
Kuchukman men vafodor,
Hamma mendan minnatdor.
Xursand qilsangiz kerak,
Bo‘lmasa, tashlang suyak.
|
Barmoqlar zich, bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish .
Jimjiloq yuqoriga-pastga harakatlantiradi
|
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma SH harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta SH harfini yasaydilar.
Dostları ilə paylaş: |