Aharfi kitobga joylab qo`yiladi. (kitob maketiga Akesma harfi yopishtiriladi.)
Quvnoq daqiqa Bolalar she`r so`zlariga mos harakatlarni bajaradilar.
Ayiq polvon o`rmonda
Yemish izlab yuradi.
Uxlaganda tushida
Har kun asal ko`radi.
Tarbiyachi harflarninguch xususiyativa tovushlarning ikki xususiyati haqida ma’lumot beradi.
Tarbiyachiga eslatma:
Harflaro`qiladi, yoziladiva ularniko`rish mumkin.
Tovushlareshitiladi va talaffuz qilinadi.
Harflar bosh va kichik shaklda bo`ladi
Amaliy mashq Tarbiyachi bir nechta so`zni bo`g`inlarga bo`lib (a-na,
o-na, olma, non, kapalak, uy, ari) aytadi. Bolalar aytilgan so`zlar bo`g`inlarida Aunli ishtirok etgan bo`lsa A harfli kartochkani baland ko`taradilar.
Ish daftari bilan ishlash Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar vazifalarni mustaqil bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Aa harfining bosma shaklini yozing.
2. Aharfi so`zning boshida kelgan rasmlarnichiziq bilan birlashtiring.
3. So`zlarni bo`g`inga bo`ling. A tovushi o`rnini qizil rangga bo`yang. Yakuniy qism: 5 daqiqa Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: - Mashg`ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Atovushi haqida nimalarni bilib oldingiz? (Unli tovush, uni cho`zib aytamiz. Atovushini eshitamiz va talaffuz qilamiz)
- Bosh Aharfini nechta tayoqchadan hosil qildingiz?(Uchta tayoqcha)
-Harflar qanday shaklda bo`ladi? (Harflar bosh va kichik shaklda bo`ladi)