Bolalar ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi: Bolalar, ish daftaringizni oching. Mevalar haqidagi berilgan topishmoqlar o`qituvchi tomonidan aytiladi, uning javobi topilib bo`g`in-tovush tarhibi tahlil qilinadi. Daftarda anor rasmi va so`z, bo`g`in va tovush andozasi berilgan. Olma, nok, banan rasmlari berilgan ammo ularni andozasi birgalikda bajariladi.
Masalan: Kichkina dekcha
Ichi to`la mixcha ( anor)
-Anor so`zini bo`g`inga bo`ling.
-Anor so`zi necha bo`ginli so`z ekan?
-1-bo`g`inda nechta tovush bor?
2-bo`g`indagi tovushlar sonini aniqlang.
-Tovushni nima qilamiz?
-Tovushni talaffuz qilamiz,eshitamiz .
Xulosalash: A-nor: 2 ta bo`g`in, 4 ta tovush (a,n,o,r) dan iborat. Tovushlarni talaffuz qilamiz (yoki aytamiz), eshitamiz.
III.Yakuniy qism;
Tarbiyachi: Laylakvoy so`z va bo`g`inlardan tovushlarni agrata olasanmi?.
Laylakvoy: Ha.
Tarbiyachi: kelinglar bolalar, “Qanday tovush” o`yinini o`ynaymiz. Avval tarbiyachi bir necha so`zni aytib uning birinchi tovushini ajratib talaffuz qiladi. So`ng Laylakvoybilan birga bajariladi.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
-Mashg‘ulotda nimalarni eslab qoldingiz?
-Mashg‘ulotda sizga qanday o‘yin yoqdi?
-Mana bu gapda nechta so`z bor ekan ?
Kim so`zlarni bo`g`inlab bera oladi ?
Mavzu: Aa harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:tarbiyalanuvchilar –
- unli harflar guruhiga kiruvchi Aa harf-tovushi bilan tanishadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, A harfli kartochkalar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar.
Mashg‘ulot metodi: “Tabassum hadyasi”muzyorar mashqi, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, tushuntirish
Dostları ilə paylaş: |