Bolalar ish daftari bilan ishlash. Tarbiyachi: Bolalar, ish daftaringizni oching. Daftaringizda tasvirlangan rasmlar asosida gaplar tuzamiz. Berilgan rasmlarni bo`yab qo`yamiz.
III. Yakuniy qism. 5 daqiqa Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: -Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi? Nima uchun?
-Mashg‘ulotdan nimalarni eslab qoldingiz?
-Gapni qanday tuzsa bo`lar ekan?
-Kimning tuzgan gaplari sizga ko`proq yoqdi?
-Gap haqida nimalarni bilib oldingiz?
Mavzu: So`z va bo`g`in Maqsad: tarbiyalanuvchilar:
-so`z vabo`g`in haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
-Tarbiyalanuvchilarning og`zaki, bog`lanishli nutqi o`stiriladi. Gap haqidagi tasavvurlarini kengaytiriladi.
Kerakli jihozlar: meva va poliz, sabzavot ekinlarining mulyaji, narsa va buyumlar, syujetli kartochkalar, ish daftari, AKT.
Mashg`ulot metodi: analiz-sintez, suhbat, “Mosini top”, “Kim ko`p terdi?” ta’limiy o`yinlari
Mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: 5daqiqa
Aytingchi, avvalgi mashg`ulotimizda siz bilan qaysi mavzuda suhbatlashgan edik?
…….(gap)
Barakalla bolajonlar, keling siz bilan bir o`yin o`ynaymiz. Bu o`yinimiz uchun bir necha kichik guruhlarga bo`linamiz. 4 kishilik guruhlar tashkil etiladi. Har bir guruhga syujetli rasmlar beriladi. Kim chiroyli gap tuza olish mashqi o`tkaziladi. Bolalar bir-birlariga guruh ichida tuzgan gaplarini aytib beradilar. Bolalarning o`zlari kelishib aytilgan gaplardan bittasini tanlab oladilar va hammaga eshittirib aytadilar(bu jarayonni tarbiyachi kuzatib tekshirib boradi).
II.Asosiy qism:20 daqiqa Suhbat va analiz- sintez metodida tarbiyachi yordamida so`zga xos asosiy xususiyatlar ochib beriladi:
-Gap nimalardan tuzilgan? (So`zlardan)
Kuz fasli keldi.
-Ushbu gap nechta so`zdan tashkil topgan