O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


SAVODXONLIKKA TAYYORLASH MASHG`ULOTLARININGNAMUNAVIYISHLANMALARI



Yüklə 3 Mb.
səhifə11/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

SAVODXONLIKKA TAYYORLASH MASHG`ULOTLARININGNAMUNAVIYISHLANMALARI
Yillik mavzuviy rejalashtirish mavzulariga moslashtirish
Mavzu:Nutq
Maqsad: tarbiyalanuvchilar:
-nutq haqida tushunchaga ega bo`ladilar;
-o`zaro hamkorlikda ishlash ko`nikmalariga ega bo`ladilar.
Kerakli jihozlar: narsa buyumlar va kishilar harakatlarini tasvirlovchi kartochkalar, ish daftari, O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari tasviri, AKT
Mashg`ulot metodi: suhbat, tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash
Mashg`ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 10 daqiqa

Tarbiyachi Po’lat Mo’minning “Vatan-bu…..” she`rini ifodali o`qib berish bilan mashg`ulotni boshlaydi:
Vatan deganim bu-
Yurak deganim.
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu
O’zim deganim.
Birinchi ko’rganim
Ko’zim deganim.
Tarbiyachi bolalar bilan savol-javob o`tkazadi:

  • Yurtimizda qanday bayram nishonlandi?

  • Siz bu bayram haqida nimalarni bilasiz?

Doskaga “1-sentabr- Mustaqillik bayrami” tasvirlangan plakat ilinadi. Rasmli plakatga qarab, quyidagi savollar beriladi:

  • Rasmda qayerlar tasvirlangan?

  • Rasmda kimlarni ko`ryapsiz?

  • Insonlar qanday ko’rinishda tasvirlangan?

  • Bayram tantanalarida ishtirokingiz haqida so`zlab bering.

  1. Asosiy qism. 15 daqiqa

Tarbiyachi yangi mashg`ulot boshlanayotganligi, bu mashg`lotlarda bolalarqiziqarli topshiriqlar, ta’limiy o`yinlar orqali o`qish va yozishni o`rganib olishlarini aytadiva «Nutq» mavzusini e’lon qiladi.
Bir qancha kishilar harakati tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi va suhbat o`tkaziladi.

  • 1-rasm (ikki bola suhbatlashib turgan tasvir)

  • 2-rasm (suvda suzayotgan bola)

  • 3-rasm (mashg`ulot o`tayotgan tarbiyachi)

  • 4-rasm (shaxmаt o`ynayotgan bolalar)

  • 5-rasm (futbolchilar)

Har bir rasm yuzasidan (ular kimlar?, qanday ish bilan mashg`ullar?) suhbat olib boriladi.
Bolalarga nutq bu kishilar tomonidan bildirilgan fikr, nutq orqali insonlar bir-birlariga biron narsa haqida xabar berishlari, tushuntirishlari, voqealarni so`zlab berishlari mumkinligi tushuntiriladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin