O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Kuz keldi. Dalada sabzavotlar pishib yetildi. Dehqonlar hosilni yeg`ib olmoqdalar



Yüklə 3 Mb.
səhifə7/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kuz keldi. Dalada sabzavotlar pishib yetildi. Dehqonlar hosilni yeg`ib olmoqdalar.
Tuzilgan matndan o`rganilayotgan tovush ishtirok etgan so`zli gap ajratib olinadi. Dalada sabzavotlar pishib yetildi.
Gapdan daladaso`zi, bu so`zdan esa d tovushi qatnashgan bo`g`in -da va bo`g`indan dtovushi ajratilib olinadi hamda uning bosma shakli (harf) yozilishi ko`rsatiladi.
Analiz mashqlari
1. Nutq (gap)dan so`zni ajratish; so`zni aniq talaffuz qilish; bo`g`inlarga bo`lish va bo`g`inlarni aniq talaffuz qilish, so`zdan, bo`g`indan tovushni kuchli talaffuz qilib o`qish, muayyan tovushni ajratgan holda so`zni bo`g`inlab o`qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish).
2. Mashg`ulotda o`rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
1) so`zdan tovushni cho`zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la;
2) undosh tovushni yopiq bo`g`indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-minnn.
3) sirg`aluvchi undoshni ochiq bo`g`indan ajratish: sssa-na, tu- yyyа, zzzi-rak;
4) bo`g`in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o‘-tin, a-na, e-tik, i-pak;
5) o`rganiladigan tovushni so`z boshida kelgan so`zlardan ajratish (so`zni tarbiyachi aytadi, birinchi tovushni esa bolalar aytadi): non, tok, olma,...;
6) rasm nomini ifodalovchi so`zni aytish: tarbiyachi nokning rasmini ko`rsatib, noo deydi, bolalar к tovushini qo`shib aytadilar: nok.
3. So`zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo`g`inlarni sanash: Olma — ol-ma; o-l-m-a
- to‘rtta tovush, to'rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo`g`in.
4. So`zni bo`g`inga bo`lish qarsak orqali amalga oshiriladi. Nechra qarsak chalinsa, so`z shuncha bo`g`indan iborat bo`ladi.
5. So`zni bo`g`inga bo`lish uchun kaft iyak tagiga qo`yilib so`z talaffuz qilinadi.Necha marta iyak kaftga tegsa, demak so`z shuncha bo`g`indan iborat bo`ladi.
Bu usullardan barcha mashg`ulotlar davomida foydalanish mimkin.
Savod o`rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o`qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko`proq o`qish malakasini shakllantiradi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin