O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o`qishga o`rgatish bo`g`in asosida olib boriladi



Yüklə 3 Mb.
səhifə4/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o`qishga o`rgatish bo`g`in asosida olib boriladi. Bo`g`inlab o`qishga o`rgatish uchun so`zni bo`g`inga bo`lish, bo`g`in chegarasini aniqlashni o`rgatish muhim sanaladi. Savodxonlikka o`rgatish davrida tarbiyalanuvchilar so`zlarni bo`g`inlarga to`g`ri ajrata oladi, bo`g`inli kartochkalar yordamida bo`g`inlardan so`zlar tuzadi.
O`qish va yozish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik xususiyatlari
O`qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkuri va idrokini tartiblash muhim omil hisoblanadi. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qishga o`rgatishda tarbiyachilar quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
1. Bola o`qish paytida bitta harfni ko`radi, uni bilish uchun rasmlarni ko`z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq tarbiyachi aytishga yo`1 qo`ymaydi, undan bo`g`inni aytishni talab qiladi. Tarbiyalanuvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo`shib bo`g`in, bo`g`indan so`z hosil qilguncha, o`qish jarayoni sustlashadi.
2. Ko`pincha bola o`qiyotgan qatorni yo`qotib qo`yadi, harfni, bo`g`inni, so`zni qayta o`qishiga to`g`ri keladi. Tarbiyalanuvchining diqqati kengaygan sari bo`g`in va so`zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O`qishni endi o`rganayotgan bola o`qiyotgan matn mazmunini o`zlashtirmaydi, chunki u so`zni qanday o`qishga ko`p kuch beradi. Tarbiyachining savollari, ko`rgazmali, multimedia materiallariva didaktik o`yinlar ularning ongli o`qishlarini ta’minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon bola so`zni birinchi bo`g`iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o`qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so`z bo`g`inlab o`qitiladi, so`zni bo`g`in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O`qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o`stirishga katta e’tibor berish kerak. Savodxonlikka o`rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o`stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o`rgatish, bo`g`in yoki so`zdan o`sha tovushni ajrata olish ko`nikmasini o`stirish muhim sanaladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin