Savodxonlikkao`rgatish jarayonini tashkil etish metodikasi Analiz-sintez metodida savodxonlikkao`rgatish jarayoni
2 bosqichda davom etadi. Birinchi bosqichda – tarbiyalanuvchilarga quyidagilar
bo`g`inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi.
tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o`rgatiladi hamda ulardan amaliy foydalana bilish ko`nikmalari hosil qilinadi.
Shuningdek, bu bosqichda bolalarning bog`lanishli nutqi ustida ishlanadi. Bunda tarbiyachi bolalarga nutq haqida tushuncha beradi, nutqning kichikroq bo`lagi gap bilan tanishtiradi. Gapning so`zlardan tuzilishi, gapning birinchi so`zi bosh harf bilan yozilishi, oxirida nuqta, so`roq, undov belgilari qo`yilishi ko`rsatmali didaktik materiallar orqali tushuntiriladi.
Har bir narsaning nomi-bu so`z ekani, so`z bo`g`inlarga bo`linishi, bo`g`in va so`z tovushlardan tuzilishi, tovushni talaffuz qilish, eshitish mumkinligi, tovushlar unli va undosh bo`lishi, ularning yozuvdagi ifodasi harf bilan ifodalanishi aytiladi.
Savodxonlikka o`rgatishning bu bosqichida analiz quyidagi metodik yondasuv bo`yicha olib boriladi:
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so`zlarni ajratish va so`zlarning bosh shaklini topish.
3. So`z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo`g`indagi o‘rnini belgilash.
4. Bo`g`in tarkibidagi yangi tovushlarning talaffuzini orfoepik me’yorda o`rganish.
5. Bosma harfda o`rgatilgan yangi tovushning yozma shaklini tanishtirish.
D harfi misolida analiz metodining o`tkazilishiga namuna.
Tarbiyachi sujetli rasm asosida bolalar bilan kichik matn tuzib oladi.